Bi-bi-si Frantsiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi

19 декабря 2018 Bi-bi-si Frantsiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi

Bi-bi-si Rus xizmati nima qilib boʻlsada Frantsiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topishga urinayotgani maʼlum boʻldi.

Bi-bi-sining Rus xizmati redaktsiyasi Parijda ishlayotgan korrespondentdan “Sariq nimchalar” namoyishlarida Rossiya izini topishni talab qilgan yozishmalari internetda tarqaldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Yozishmalardan maʼlum boʻlishicha Bi-bi-si Parijda ishlayotgan korrespondetidan nima qilib boʻlsada tartibsizliklarda Rossiya izini topishni talab qilgan. Korrespondent “Birorta ham rossiyalikni koʻrmadim”, deganidan soʻng, Bi-bi-si unga “Balkim bundan biror Rossiya biznesi manfaatdordir” deb soʻraydi? Korrespondent bunga javoban kulib qoʻyadi xolos.

Suhbat soʻnggida Bi-bi-si tomonidan gapirayotgan jurnalist “Redaktsiya qon talab qilmoqda” deydi. Yaʼni Rossiyaning ayblash mumkin boʻlgan dalil soʻaramoqda, degan maʼnoda javob beradi.

Bundan koʻrinib turibdiki, Frantsiyada boʻlayotgan voqealarni obʼyektiv yoritish - Bi-bi-si Rus xizmatining asl maqsadi emas... Ularning vazifasi - biroz oldin ayrim siyosatchilar tomonidan hech qanday asossiz tarqatilgan yolgʻon gapga dalil izlashdir. Aslida nima boʻlayotgani - ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.

Rossiya TIV har qanday mamlakatda boʻlib oʻtayotgan namoyishlar ushbu mamlakatning ichki ishi ekanini va Rossiya har bir mamlakat ichki siyosatini hurmat qilgan holda uning ichki ishlariga aralashmaslikni odat qilganini taʼkidlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Frantsiyada 17 noyabrdan beri “Sariq nimchalar” norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Ommaviy namoyishlar politsiya bilan toʻqnashuvlar, talonchilik va oʻt qoʻyish kabi jinoyatlar bilan birga boʻlib oʻtmoqda. Oʻtgan haftra Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron namoyish oʻz yoʻliga lekin jinoyatlarni hech narsa oqlay olmaydi degan edi. Omaviy tartibsizliklar boshlanganidan buyon Frantsiyada 3 mingga yaqin kishi hibsga olingan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Irina Kalashnikova