Uebster lugʻati 2018 yil soʻzini tanladi

19 декабря 2018 Uebster lugʻati 2018 yil soʻzini tanladi

Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu soʻz internet foydalanuvchilari tomonidan oʻtgan yilga qaraganda 74 foizga koʻproq qidirilgan.

 Amerikaning Merriam-Webster lugʻati (Uebster lugʻati) 2018 yilning soʻzi sifatida “adolat” (justice) soʻzini tanladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu soʻz internet foydalanuvchilari tomonidan oʻtgan yilga qaraganda 74 foizga koʻproq qidirilgan.

Lugʻat mualliflari soʻzlariga qaraganda, “adolat” va “adliya” kabi maʼnolarni anglatuvchi justice soʻzi OAVlarda Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga goʻyoki “aralashuvi” sababli yodga olingan.

Shuningdek, eng mashhur soʻzlar oʻntaligidan “millatchilik” (nationalism), “oʻzgacha fikrlovchi” (maverick), “panseksual” (pansexual), “foydasiz” (feckless) kabi soʻzlar oʻrin olgan.

2017 yilda Merriam-Webster talqiniga koʻra “feminizm” yil soʻziga aylangan edi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© fotolia