“Koinot goʻzali - 2018” tanlov gʻolibi aniqlandi - foto

19 декабря 2018 “Koinot goʻzali - 2018” tanlov gʻolibi aniqlandi - foto

Demi-Li Nel Piters tanlovning asosiy sovrini boʻlgan goʻzallik tojini yangi gʻolibga taqdim etdi.

“Koinot goʻzali” xalqaro goʻzallik tanlovida filippinlik Katriona Gres gʻolib boʻldi. Xalqaro tanlovning final bosqichi dushanba kuni Bangkok shahrida boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi oʻringa Venesuela vakilasi Stefani Gutyerres sazovor deb topildi.

Rossiyalik Yuliya Polyachixina tanlovning yarim final saralash bosqichida musobaqani tark etdi. Uning libosi tanlov tomoshabinlari va boshlovchilarining eʼtiborini oʻziga qaratdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramil Sitdikov