Hindistonda yirtqich qoplon uch yoshli bolani oʻrmonga olib qochdi

19 декабря 2018 Hindistonda yirtqich qoplon uch yoshli bolani oʻrmonga olib qochdi

Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, oxirgi ikki oy davomida bu uchinchi holat.

 Yirtqich qoplon Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi uylardan biriga kirib, yosh bolani olib ketib qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.

Hindiston huquq tartibot organ xodimlari maʼlumotlariga koʻra,  yirtqich hayvon uyga kirganda uch yoshli Vasim Akram onasi bilan oshxonada boʻlgan. Qoplon bolaga hujum qilib, uni oʻrmonga olib qochadi. Bir necha soatdan keyin bolani boshsiz topiladi.

Mahalliy aholi soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki oy davomida bu uchinchi holat.

Bundan avval huddi shu tumanda qoplon 7 yoshli bolaga hujum qilgandi. Qoʻriqlash xizmati xodimi aytishicha, yirtqich hayvonni tutib olish imkoni boʻlmadi.

Hindistonda 12-14 ming qoplon yashaydi. 2017 yilda 430 bosh qoplon oʻldirilgandi. Koʻpchilik brakonyerlarni qoplonlarning terisi qiziqtiradi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramil Sitdikov