Tojikistonlik ayollarga hijob oʻrash taqiqlanishi mumkin

19 декабря 2018 Tojikistonlik ayollarga hijob oʻrash taqiqlanishi mumkin

Tojikiston hukumati tojik ayollarining hijob va satr oʻrashi milliy urf-odat va madaniyatga zid ekanligini taʼkidlab kelmoqda.

 Tojikiston hukumati ayollarning davlat va xususiy muassasalariga hijob oʻrab kirishini qonun bilan taqiqlamoqchi. Tojik telegraf agentligi berganxabarga koʻra, tegishli qonun loyihasi Tojikiston hukumati tomondan tayyorlanmoqda. Mazkur qonun tashabbuskori hukumat qoshidagi Xotin-qizlar va oila qoʻmitasidir.

“Hozirgi vaqtda Tojikiston Qonunchilik milliy markazida qonun loyihasini tayyorlovchi ishchi guruh tashkil etilgan. Ushbu qonun loyihasi ayollarning huquqiy mulkidan qatʼiy nazar barcha muassasa, tashkilot va korxonalarga hijobda va satrda kirishini taqiqlaydi”, - deyilgan xabarda.

Bu Tojikistonda qonun bilan ayollarning hijob oʻrab yurishini cheklovchi birinchi urinishdir. Bugungi kunga qadar hukumat aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishga harakat qildi. Tojik ayollarining hijob va satr oʻrashi milliy urf-odat va madaniyatga zid ekanligini taʼkidlab kelishayotgandi.

Hukumat ayollarga hijob, satr, burka va boshqa musulmon liboslari turi va qora rangli bosh kiyimlarni kiymaslikni tavsiya qiladi.

Tojikiston maktab oʻquvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas˃˃˃

Shu bilan birgalikda, huquqni himoya qiluvchilar va shu kabi liboslarni kiyadigan ayollar mazkur cheklov inson huquqi va erkinligiga zid, deb hisoblashmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© AFP 2018 / FAROOQ NAEEM