"Shirin ogʻu": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

19 декабря 2018 "Shirin ogʻu": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

Tadqiqotchilar fikriga koʻra, shakar jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yel universiteti olimlari shakar ichak mikroflorasi koʻpayishi uchun zarur boʻlgan oqsil faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar Bacteroides thetaiotaomicron foydali bakteriyaga shakarning taʼsirini oʻrganish uchun laboratoriya sichqonlariga tarkibida koʻp miqdorda glyukoza va fruktoza boʻlgan mahsulotlarni ozuqa sifatida bera boshlashdi. Ilgari shakar ingichka ichakda soʻrilib ketadi deb hisoblanardi, ammo tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, u yoʻgʻon ichakka ham oʻtar va foydali mikrofloraga taʼsir koʻrsatar ekan. Shuning uchun olimlar bu taʼsirning naqadar kuchli ekanligini tekshirishga qaror qilishdi.

Maʼlum boʻlishicha, shakar foydali bakteriyalar uchun javob beruvchi Roc oqsili ishlab chiqarilishini toʻsib qoʻyar ekan. Bu esa oʻz navbatida salomatlik bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishiga olib kelar ekan. Bunda shakarning qanday turda (fruktoza yoki glyukoza koʻrinishida) boʻlishining ahamiyati yoʻq ekan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Vitaliy Timkiv