19 декабря 2018
Oʻzbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga qoʻshilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Badriddin Abidov tayinlandi. U bunga qadar Oʻzbekistonning Latviyadagi elchisi edi.
Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari tayinlandi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi masalalari boʻyicha Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari etib Badriddin Abidov tayinlangan.
Abidov bunga qadar Oʻzbekistonning Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimini egallagan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Sputnik