Yangi biznes: Xitoyda suvaraklar fermasi barpo qilindi

18 декабря 2018

Xitoyda chiqindi muammosini hal qilishni ajoyib usulini oʻylab topishdi. Ular suvaraklarni chiqindilar bilan oziqlantirishni yoʻlga qoʻyishdi.

Xitoy hukumati oldida chiqindilar muamosi oʻta dolzarb boʻlib qoldi. Masalan, oʻtgan yili birgina Pekin aholisi 9 million tonnadan ortiq oziq-ovqat chiqindisini chiqardi. Ushbu raqam yil sayin ortib bormoqda.

Hindistonlik ayol boshidan tirik suvarak topildi

Shu bois Xitoyda “suvaraklar fabrikasi”ni barpo qilish boshlandi. Bu fabrikalarda hashoratlar organik chiqindilarni isteʼmol qilishadi. Bu haqda Vice nashri xabar qildi.

Tszinan shahrida joylashgan fabrikada suvaraklar bir sutkada 50 tonnaga yaqin organik chiqindilarni yeydi.

Suvaraklar oʻlgandan keyin uy hayvonlariga ozuqa sifatida joʻnatiladi. Chunki uy hayvonlariga oʻlat bilan kasal boʻlmasliklari uchun oziq-ovqat chiqindilari bilan oziqlantirish taqiqlangan.

Xitoylik tadbirkorlar “suvarak fermalar” tannarxi arzonligi sababli ularning sonini koʻpaytirishmoqchi.

Xitoy hukumati shunga oʻxshash fabrikalarni butun mamlakat boʻylab qurishni rejalashtirmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto: vice