Yapon erkaklari jinsiy aloqaga nega qiziqmay qoʻygan?

18 декабря 2018 Yapon erkaklari jinsiy aloqaga nega qiziqmay qoʻygan?

Yaponiyaning prezervativ ishlab chiqaruvchi Sagami kompaniyasi ham jamoatchilik oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Ularni respondentlarning jinsiy aloqa bilan shugʻullanishlari masalasi qiziqtirardi. Aniq boʻlishicha, juftlik bu ish bilan bir oyda 2,8 marotaba shugʻullanar ekan

 Yaponiyada tugʻilish darajasi keskin pasaymoqda, yosh yigitlar esa oila qurishga shoshilishmayapti. Agar karyerani barbod qilish oldidagi qoʻrquv Kunchiqar mamlakat ayollariga xos boʻlsa, erkaklar bilan bogʻliq vaziyat tamomila boshqacha. Ular, yaponlarning oʻzlari taʼkidlashayotgani kabi, "oʻtxoʻr" boʻlib qolishgan va jinsiy munosabatlardan oʻzlarini yiroq tutadilar. Yapon erkaklari oʻz kuchlarini nimaga sarflashlari haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

"Bir oʻzim tinchroq yashayman: xohlasam xolva, xohlasam pryanik yeyman"

"Odamlar shunga aminki, tugʻilish darajasi pastlab ketishi sababini yaponlarning seks bilan shugʻullanishni istamasliklaridan izlash kerak. Ular yolgʻizlikda ham baxtli. Axir boshqa qiziq narsalar koʻp-ku: telefonda oʻyin oʻynash, internetda roliklar koʻrish, animelarni tomosha qilish mumkin. Jinsiy aloqa, yaʼni seksga vaqt yetishmaydi", - deydi oʻzini Ioshiro deb tanishtirgan 25 yashar yapon yigiti. Unga oʻxshaganlarni mamlakatda "oʻtxoʻr erkaklar" deb chaqirish odat tusiga kirgan.

Oʻn yil avval Tokioga koʻchib kelgan moskvalik ayol Polinaning hikoya qilishicha, mamlakatda nafaqat uylanishni istamaydigan, hatto shunchaki tanishishni xohlamaydigan erkaklar koʻplab topiladi. "Ular bu narsaga erinchoqlik koʻzi bilan qaraydilar. Kamiga bu ularga qimmatga tushishi mumkin. Yolgʻiz yashash ularga ham oson, ham arzon va ruhiy holat jihatdan - tinch. Tanishlarim orasida oila qurgan, yoki ishqiy munosabatda boʻlganlar bor, lekin bu muammoga yechim degani emas. Bu haqda hatto televizor orqali gapirishadi. Hukumat yolgʻiz odamlar juda koʻpligi haqida bayonotlar qiladi", - deya oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadi ayol.

Shu bilan birga, munosabatlarga qiziquvchi, biroq ayoldan birinchi qadamni kutadigan erkaklar ham  "oʻtxoʻrlar"  toifasiga kiritilar ekan. Ayrim sotsiologlar ularni "baliqni xush koʻruvchilar" yoki "kutuvchi-erkaklar" deb ataydilar. "Ular birinchi boʻlib suhbatga kirishishga qoʻrqadilar, yoki juda iymanadilar. Ularni ayollar yildan-yilga moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlib borayotganlari qoʻrquvga soladi. Aytgancha, bu erkaklar restoranda alohida hisob qilishni soʻraydilar", - deya arz qiladi Polina.

Yapon OAVlari jamoatchilik fikrini oʻrganish uchun tez-tez soʻrov oʻtkazib turadi. Shunday soʻrovlarning biriga koʻra, mamlakatdagi 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan erkaklarning teng yarmidan koʻpi yolgʻiz ekan. 20 yoshdan yuqori boʻlgan erkaklarning 61%i, va 30 yoshdan oshgan erkaklarning yetmish foizi oʻzini "oʻtxoʻr"lar toifasiga kiritishlarini tan olganlar. Ularning aksariyati tinim bilmay ishlaydilar, ammo orasida "boʻydoq-parazitlar"i ham uchraydi.



Read more: sputniknews-uz.com, авто-Kseniya Melnikova., фото- © Sputnik / Aleksei Malgavko