“Koinot goʻzali - 2018” tanlov gʻolibi aniqlandi - foto

18 декабря 2018 “Koinot goʻzali - 2018” tanlov gʻolibi aniqlandi - foto

Demi-Li Nel Piters tanlovning asosiy sovrini boʻlgan goʻzallik tojini yangi gʻolibga taqdim etdi.

“Koinot goʻzali” xalqaro goʻzallik tanlovida filippinlik Katriona Gres gʻolib boʻldi. Xalqaro tanlovning final bosqichi dushanba kuni Bangkok shahrida boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi oʻringa Venesuela vakilasi Stefani Gutyerres sazovor deb topildi.

Rossiyalik Yuliya Polyachixina tanlovning yarim final saralash bosqichida musobaqani tark etdi. Uning libosi tanlov tomoshabinlari va boshlovchilarining eʼtiborini oʻziga qaratdi.

Xalqaro goʻzallik tanlovi 1952 yildan buyon oʻtkaziladi va dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi. Bu yilgi tadbirda dunyoning 94 ta davlat vakillari ishtirok etishdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramil Sitdikov