Oʻsh shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Xabarda aytilishicha, bugun, 18 dekabr kuni Oʻsh shahrida Oʻzbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirgʻiziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Yigʻilishda Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev ishtirok etadi.
Unda ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.
Qirgʻiziston delegatsiyasi tarkibida vazirlik va idoralar rahbarlari, Batken, Jalolobod va Oʻsh viloyati hokimiyatining vakolatli vakillari, shuningdek, chegara tumanlaridagi hududiy hokimiyat rahbarlari bor.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto : Press-slujba pravitelstva / Alisher Aliyev