Yoʻl-patrul xizmati inspektorining haydovchiga qoʻpol munosabatda boʻlgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Toshkent IIBB yoʻl-patrul xizmati inspektorining haydovchiga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shu yilning 26 iyun kuni Yashnobod tumani Beshariq koʻchasida roʻy bergan holat - Yoʻl-patrul xizmati inspektorining haydovchiga qoʻpol munosabatda boʻlgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi”, - deyilgan xabarda.
Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid maʼlumotni taqdim etdi˃˃˃
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda inspektorning haydovchiga tahdid qilayotgan hodisa videosi tarqalgandi. Uni Matiz rusumli avtomobil haydovchisi boʻlayotgan hodisani suratga olayotgani xijolatga solmagan.
sputniknews-uz.com, фото-Sputnik