Toshkent hokimiyati kelgusi yilning bahoriga qadar Wi-Fidan foydalanish nuqtalar sonini 5000 taga qadar yetkazishni rejalashtirilgan.
Toshkentda kelgusi yilning bahoriga qadar ularning sonini 5000 taga qadar yetkazish moʻljallangan, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent Markaziy Osiyoda internetdan foydalanishning umumshahar miqyosida simsiz va keng polosali tarmogʻiga ega birinchi shahar boʻladi.
Hozirgi paytda Toshkentda 1200 ta Wi-Fi dan foydalanish nuqtalari mavjud boʻlib, kelgusi yilning bahoriga qadar ularning sonini 5000 taga qadar yetkazish moʻljallangan.
“2018 yilning yakuni internetdan simsiz foydalanish tarmogʻi yoʻlga qoʻyilishi bilan ahamiyatli boʻldi. Asia Wireless Group kompaniyasi ushbu keng koʻlamli loyihani amalga oshirdi. Yagona Wi-Fi tarmogʻi SOLA brendi ostida tashkil etildi. Endi Toshkent shahri aholisi va mehmonlar provayderning faoliyat olib borayotgan hududida internetdan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.
SOLA tizimida internetdan pulli va bepul tarzda foydalanish nazarda tutilgan. Reklama rolikini koʻrib boʻlgandan soʻng, internetdan bepul foydalanish mumkin.
Pulli tariflar trafik boʻyicha cheklovlarsiz ishlaydi va yuqori darajadagi moslashuvchanligi bilan ajralib turadi: abonentga soatlik, kunlik, haftalik yoki oylik obuna taklif qilinadi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramil Sitdikov