"Vatan himoyachilari kunining keng nishonlanishini taʼminlash davlat va jamoat tashkilotlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri hamda Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining sharafli burchi deb hisoblansin", - deyiladi hujjat matnida
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident farmoyishi imzolandi, deb xabar qilindi Mudofaa vazirligi Telegramm kanalida.
Oʻzbekistonda armiya tayyorgarligi tekshirilmoqda>>>
Hujjatda, 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar Oʻzbekistonda vatanparvarlik oyligi oʻtkazilishi aytilgan.
"Vatan himoyachilari kunining keng nishonlanishini taʼminlash davlat va jamoat tashkilotlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri hamda Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining sharafli burchi deb hisoblansin", - deyiladi matnda.
Maxsus tashkil qilingan ishchi guruh harbiy-maʼmuriy sektorlar bilan hamkorlikda dasturda belgilab berilgan bayram tadbirlarini "Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" degan umumiy gʻoya ostida amalga oshiradi.
Bayram tadbirlariga keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar jalb qilinishi alohida taʼkidlangan.
Bundan tashqari, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari oʻzlari tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarida "Mardlik va jasorat" mavzusidagi darslarni oʻtkazadilar.
Koʻchalar, maydonlar va tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylar Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan plakat va stendlar bilan bayramona bezatilishi, shuningdek, madaniyat va istirohat bogʻlarida mavzuga doir koʻrgazma va ekspozitsiyalar tayyorlanadi, deyiladi xabarda.
Read more: sputniknews-uz.com,фото -imzoladiSputnik