Oʻzbekiston terma jamoa futbolchilarining jismoniy holati Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston Milliy terma jamoa futbolchilari bosh murabbiy Ektor Kuper boshchiligida Ektor Kuper boshchiligidagi Turkiyaga yoʻl olish oldidan tibbiy tekshiruvdan oʻtishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ektor Kuper 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan yigʻinga jalb qilingan 27 nafar futbolchilar roʻyxatini eʼlon qilgandi.
Ektor Kuper Osiyo Kubogiga kimlar bilan tayyorgarlik koʻradi>>>
Turkiya yigʻini Osiyo Kubogi oldidan soʻnggi yigʻin. Futbolchilar 29 dekabr kuni yigʻinni tugatib, keyin oradan uch kun oʻtgandan keyin Birlashgan Arab Amirliklariga yoʻl olishadi. Shu sababli katta musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holati haqida xulosaga ega boʻlish uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi.
Milliy terma jamoa bosh shifokori Abror Pirriyev jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi ekanligini maʼlum qildi.
“Tekshiruvlar natijasiga qarab qaysi futbolchiga musobaqa oldidan qanday yondoshish boʻyicha oʻzimiz uchun maʼloumotga ega boʻldik. Ana shu maʼlumotlar asosida yigʻin davomida futbolchilarni Osiyo Kubogiga tayyorlab boramiz. Ularga qanday vitaminlarni qaysi miqdorda berish, mashgʻulotlardan keyin tiklanish jarayonini qanday oʻtkazish boʻyicha ham oʻzimiz uchun aniq reja tuzib olamiz", - dedi Abror Pirriyev.
Avvalroq Ektor Kuper Osiyo Kubogini qoʻlga kiritish asosiy maqsadi ekanligi va muxlislarni qattiq tushkunlikka tushmasliklari kerakligi haqida xabar bergandik.
“Oʻylaymanki, biz hozir toʻgʻri yoʻldamiz”: Ektor Kuper Osiyo kubogini qoʻlga kiritmoqchi>>>
Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5 yanvardan 1 fevraligacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto: FFU