Men shok holatidaman: Petrosyan Obid Asomov vafoti haqida

14 декабря 2018 Men shok holatidaman: Petrosyan Obid Asomov vafoti haqida

Rossiya xalq artisti Yevgeniy Petrosyan Sputnik Oʻzbekiston radiosi efirida qiziqchi Obid Asomov vafotidan qattiq qaygʻuda ekanligini bildirdi

"Bu yangilik meni shokka tushirdi. Chunki 10 kun oldin Toshkentda Obid Asomov bilan birga butun bir kunni oʻtkazgan edik. Biz yana uchrashishga kelishib olgandik. Ijodiy rejalarimiz bor edi... Bu shum xabarni tasavvurimga sigʻdira olmayapman. Bu juda ogʻir. Bu xabar - xato yoki notoʻgʻri yangilik boʻlishini istardim...

Doim xushchaqchaq, faol, baqquvat boʻlgan inson toʻsatdan oʻz hayotini yakunladi. Unda qiziqchilik mahorati Xudodan edi. Bu hislat nafaqat sahnada, balki uning hayotida ham koʻringan. U juda nozikkoʻngil va quvnoq odam boʻlgan. U nafaqat kuldirishni bilardi, shu bilan birga juda xushmuomalali inson edi. Uning ichki madaniyati bor edi. Odamlarni juda hurmat qilardi. Bunday axloqiy asosga ega boʻlish yumorist uchun juda muhim.

Obid Asomov menga "Oʻzbekistonda meni oʻzbek Petrosyani deb chaqirishadi" deb koʻp marta aytardi.  Asomov men kabi Oʻzbekistonda faol chiqishlar qilardi, u mendan koʻp sanʼat uslublarini olgan. Koʻp yondoshuvlarda bir-birimizga juda mos tushganimizdan xursand boʻlgandim", - deya xotirladi Petrosyan.

Rossiyalik soʻz ustasi efir davomida Obid Asomov bilan birga yaqin oylarda kino, televideniye, estradada “Petrosyan shou” yozib olish masalalarini muhokama qilganganini ham aytdi.  

"Men Obid Asomovning katta oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman. Ular hammadan koʻproq qaygʻurishadi. Ularga kuch tilayman. Obid Asomov doim xotiramizda qoladi. Koʻp video-yozuvlarimizda u oʻz ijodiy hayotini davom ettiradi”, - dedi gapi yakunida Yevgeniy Petrosyan.     



Read more: sputniknews-uz.com, фото -© Sputnik / Sergey Pyatakov