GM Uzbekistan avtomobillarga imtiyoz eʼlon qildi

10 октября 2018 GM Uzbekistan avtomobillarga imtiyoz eʼlon qildi

Imtiyozli kreditlash uchun ajratilgan ushbu modeldagi va komplektatsiyadagi jami avtomobillar soni jami 1000 dona.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati “GM Uzbekistan” AJ va ATB “Kapitalbank” imtiyozli avtokreditlash dasturi boʻyicha rasmiy hamkor boʻlishganini maʼlum qildi.

Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:

1) 10% dastlabki toʻlov amalga oshirilganda - 5 yilgacha – yillik 22%

2) 30% dastlabki toʻlov amalga oshirilganda - 3 yilgacha – yillik 20% 

3) 50% dastlabki toʻlov amalga oshirilganda - 2 yilgacha – yillik 19% 

4) 60% dastlabki toʻlov amalga oshirilganda – 15 oygacha – yillik 18%

Rasmiylashtirish “AS Servis” rasmiy dilerlarida dastlabki toʻlov mavjud boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.

Imtiyozli kreditlash uchun ajratilgan ushbu modeldagi va komplektatsiyadagi jami avtomobillar soni jami 1000 dona.

Kompaniya tez orada avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin boʻlgan “GM Uzbekistan” avtomobillari modellarini kengaytirilishi maʼlum qildi.



Read more: https://sputniknews-uz.com/economy/20181009/9649878/GM-Uzbekistan-avtomobillarga-imtiyoz-elon-qildi.html