Sputnik Oʻzbekiston Peterburgda yashovchi svarkachi Ilhom Aribjanov bilan uchrashdi. Ilhom shu kunlarda futbol boʻyicha chempionat uchrashuvlari boʻlib oʻtayotgan arenalarning biri qurishda ishtirok etgan
TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik, Dmitriy Matveyev. Oʻzbek quruvchisi bilan uchrashuv, Rossiya shaharlarida haddan koʻpayib ketgan milliy restoranda emas, rus oshxonasi taomlarini taklif etuvchi binoda boʻlib oʻtdi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, buning hech ajablanarli tomoni yoʻq ekan.
Agar kimdir oʻzbekistonlik Ilhom Aribjanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini koʻzdan kechiradigan boʻlsa, uning quruvchilar kaskasini kiygan holda Peterburgdagi arena fonida tushgan rasmiga koʻzi tushadi. Suratga "Sankt-Peterburg stadioni tomi dvornigi", deya izoh berilgan. Yigit u yerga qanday borib qolgan? Sport obʼyektinining "shapkasi"ga putur yetkazayotgan afsonaviy baklanlarni koʻrganmidi — shularga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Ilhom bilan uchrashdi.
Baklanlar boʻlganmidi?
Birinchi savol, tabiiyki, qahramonimizning gʻalati kasbi haqida boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, Ilhom haqiqatda arenada ishlagan, ammo dvornik boʻlib emas, lekin stadionning tom qismida muntazam boʻlib turgan.
Eslatib oʻtamiz, taxminan bir yillarcha oldin Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Igor Albin "Sankt-Peterburg" stadioni tomi "teshikligi"ga izoh berar ekan, bu holatning yuz berishida Fin qoʻltigʻidan uchib keladigan baklan (qoravoy) qushlarni aybdor qilgan edi. Albinning soʻzlariga koʻra, qushlar tomni tushmuqlari bilan urib, yaroqsiz holga keltirgan.
Oʻsha vaqtda amaldorning bu izohi ijtimoiy tarmoq aʼzolari orasida hazillarga sabab boʻlgandi.
Suhbatdoshim bu haqda birinchi bor eshitib turganini aytib, birdan oʻzini toʻxtovsiz kula boshladi.
"Ha, endi tushundim, "VKontakte"dagi doʻstlarimdan biri "Ha, mana kim u yerda qushlarni haydayotgan ekan", deb qoldirgan izohning maʼnosini endi tushunayapman", — deya nega toʻxtovsiz kulgani sababini tushuntirdi Ilhom. Maʼlum boʻlishicha, u tomdagi dvornikligi toʻgʻrisida, shunchaki, hazil tariqasida yozgan va shu tufayli oʻzi xohlamagan holda navbatdagi hazil va memlar qahramoniga aylangan.
"Yoʻq, stadion tomida boʻlganim bilan, baklanlarni quvmaganman", — deydi u kulib.
Sovet davridagi bolalik va uzoq mamlakatlar haqidagi orzular
Ilhom Aribjanov 45 yoshda, andijonlik, Rossiyada 2005 yildan beri ishlab keladi.
Oʻzbekistonda rus maktabini tugatgani uchun rus tilida juda yaxshi soʻzlashadi.
"Men Sovet Ittifoqida tugʻilganman, hatto bogʻchada ham rus guruhiga borganman. Yetti yoshimda buyuk va qudratli tilda soʻzlasha olardim", — deb esga oladi u.
Aytishicha, maktab SSSRdagi eng yaxshi maktab boʻlgan. 1988 yilda mamlakatdagi maktablar orasida birinchi boʻlib bir nechta Yamaha kompyuterlari berilgan.
"Sakkizinchi sinfda "informatika" predmeti boʻlardi. Maktabimizdagi oʻquvchilardan biri umumittifoq olimpiadasida ushbu fan boʻyicha ikkinchi oʻrinni olgan", — deb maqtanadi Ilhom.
Maktabdan soʻng Andijondagi elektromexanika texnikumini bitiradi va payvandchi kasbini egallaydi. Boshida u mamlakatdagi turli korxonalarda, xususan, 1993 yilda mashhur Uz-Daewoo zavodida payvandchi boʻlib ishlaydi. Hattoki Janubiy Kreyaga stajirovkaga ham borib keladi. Shu bilan birga Ilhom ingliz va yapon tillarini oʻrganadi. U AQSH yoki kunchiqar mamlakatga koʻchib oʻtishni orzu qilar edi. Ammo payvandchi migrantlar uchun maxsus dastur uchun hujjat topshirishga pul topa olmagan ekan.
Oʻn yil oldin Ilhoim ilk bor Kazan shahriga ishlashga kelgan.
"U yerda maosh juda kam. 2008 yilda men atigi 10 ming rubl olardim, bu vaqtda Piterdagi yoki Moskvada tanishlarim va vatandoshlarim mendan uch barobar koʻp topishardi", — deydi u.
Shundan soʻng doʻstlari unga Peterburgga koʻchib oʻtishni taklif etadilar va u uzoq oʻylab oʻtirmay, mana 10 yildirki, bu yerga pul topgani kelib turadi.
Stadion va Peterburgdagi hayoti haqida
"Sankt-Peterburg" stadioniga 2016 yilning bahorida ishga kelgan. U internet orqali ish izlagan va payvandchi kerakligi haqidagi eʼlonga duch kelgan. Oʻzbekistonlik quruvchi JCH-2018 boʻlajak obʼyektining tomida shu tariqa paydo boʻlgan.
Bu yerda yaqindagina Rossiya termasi oʻziga pley-offga chiqishni taʼminlagan edi.
Uning ishi tomni montirovka qilish uchun oʻrnatilgan vaqtinchalik konstruktsiyalarni gaz kesgich bilan kesib chiqishdan iborat edi.
"Oʻshanda mentomga chiqish imkoniyati qaytib berilmasligini tushunib, oʻsha mashhur selfini olgan edim", — deb izoh beradi svarkachi.
Xullas, Ilhom stadionda koʻp ishlamadi. Bosh pudratchida jiddiy muammolar aniqlangach, Peterbur hukumati uni tezkor tartibda boshqasiga almashtirishni lozim topadi, bizning qahramonimiz esa oylik toʻlanishida roʻy berayotgan uzviy uzilishlar haqida xabar topgach, boshqa ish joyiga oʻtadi.
Hozirda oʻzbek ishchisi Peregofdagi korxonalarning birida mehnat qilmoqda. Bu yerda u metallokonstruktsiyani payvandlash ishlari bilan shugʻullanmoqda.
U Peterburg markazida Zagorodniy prospektida bir xonali kvartirani oyiga 15 ming rublga ijaraga olib turadi. Ilhom haftada bir marta dam oladi — yakshanba kunlari, ammo bunday ish grafigiga u allaqachon koʻnikib ketgan.
Shahar boʻylab piyoda harakatlanishni afzal koʻradi va faqat ish joyiga yetib olish uchun jamoat transportidan foydalanadi.
Futbolga qaytadigan boʻlsak, u turnirda Rossiya va Germaniya uchun muxlislik qilayotganini aytadi.
Yaxshi qoʻshnichilik va oʻzgarishlar shamoli
Ilhomning aytishicha, u tez-tez vataniga kelib turadi va u yerda Peterburgda qancha vaqt oʻtkazsa, shuncha vaqt oʻtkazadi. Ilhomning fikricha, yangi prezident kelishi bilan Oʻzbekistonda rivojlanish istiqbollari paydo boʻldi, davlat odamlar uchun ham yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
Ilhomning xotini va uch qizi Andijon yaqinidagi qishloqda istiqomat qilishadi.
"Biz yashaydigan joy Qirgʻiziston bilan chegaradosh tumanda. Bizning yaqinimizda Oʻsh shahri joylashgan, u yerda oʻzbek aholisi soni juda koʻp. U yerda mening oʻrtoqlarim ham koʻp. Ilgarilari Oʻshga oʻtish qiyin masala edi — bir talay tekshiruvlardan oʻtish kerak boʻlardi, endi esa chegaradan qiyinchiliklarsiz oʻtmoqdamiz.
Uning aytishicha, yangi davlat rahbari nafaqat qoʻshnilar, balki boshqa davlatlardagi investorlar uchun ham Oʻzbekistonni ochgan.
"Ilgarilari har bir korxonada davlat kapitali 50 foizni tashkil etardi. Endi esa chet el investorlari paydo boʻldi. Bundan tashqari qishloq joylarda oʻz tadbirkorligini rivojlantirish uchun kredit olish mumkin bugun, ilgarilari buni amalga oshirish qiyin edi. Respublika rivojlanmoqda va bu quvonarli", — deb xulosa qiladi suhbatdosh.
Vatanda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni koʻrib, Ilhomni Oʻzbekistonda doimiy ish topish masalasi koʻproq oʻylantirmoqda, oʻzga yurtlar haqidagi orzular esa oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.