U shuningdek, Moskva hisobiga ularning yurtlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni poytaxtga joʻnatish uchun logistika markazlari qurish moʻljallanganligini bildirdi.
TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Moskva merligiga nomzod, LDPR deputati Mixail Degtyarev saylovlarda gʻalaba qozongudek boʻlsa, mehnat migrantlari uchun oʻz vatanlarida ish oʻrinlarini yaratishga vaʼda berdi.
"Men Osiyo, Markaziy Osiyo, Armanistondagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi fermalar bilan kelgusi yili moskvaliklar kafolatli ravishda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishlari uchun qatʼiy shartnomalar tuzaman. Mer sifatida sizlarga oʻz vatanlaringizda ish oʻrni yaratishga kafolat beraman – moskvaliklar uchun foydali boʻlgan barcha narsa: mevalar, sabzavotlar, goʻsht mahsulotlarini sotib olamiz. Moskva har yili shu darajada koʻp oziq-ovqat sotib oladiki, bu Markaziy Osiyodagi respublikalar, Moldaviya, Armanistondagi barcha qishloq xoʻjaliklarini toʻxtovsiz ishlashi uchun yetadi", - Degtyarev mehnat migrantlari bilan uchrashuvda.
U shuningdek, Moskva hisobiga ularning yurtlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni poytaxtga joʻnatish uchun logistika markazlari qurish moʻljallanganligini bildirdi. Nomzod Rossiya poytaxti yuqori malakali mehnat migrantlariga muhtoj ekanligini taʼkidladi.
"Biz Markaziy Osiyo respublikalari, Moldaviya, Ukraina va boshqa davlatlardan kelganlarning farzandlarini oʻqitishga tayyormiz. Mehnat migrantlari, yuqori malakali mutaxassislar Moskvaga zarur…" – dedi u.
Hozirda poytaxt merligiga nomzod sifatida besh kishi roʻyxatga olingan – ular amaldagi mer Sergey Sobyanin, Taganskiy okrugi rahbari Ilya Sviridov, davlat dumasi deputati Mixail Degtyarev, davlat dumasining sobiq deputati Vadim Kumin hamda SU-155 egasi Mixail Balakin.