Oʻzbekiston bosh konsuli Abdusalom Hatamov Bosh konsulxonaga Oʻzbekiston fuqarolari qaysi savollar bilan murojiat qilishlari haqida gapirdi.
Oʻzbekistonliklar Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonaga koʻproq hujjatlarini yoʻqotib qoʻyish sababli murojiat qilishadi, deb maʼlum qildi Yekaterinburgdagi Oʻzbekiston bosh konsuli Abdusalov Hatamov RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Asosan, bu hujjatlarni yoʻqotish qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar. Bir oy davomida 20 taga yaqin rasmiy soʻrov kelib tushadi. Men ularga konsullik-huquqiy yordamni koʻrsatib, vatanga qaytishi uchun vaqtinchalik hujjat tayyorlab beraman. Internetdagi saytda barcha xohlovchilar men bilan bogʻlanishlari uchun telefon raqamimni qoldirdim”, - deb javob berdi Hotamov bosh konsulga qaysi masalar boʻyicha koʻproq murojiat qilishadi, degan savolga.
Bosh konsulxona joriy yilning yakuni-kelasi yil yanvar oyida toʻlaqonli ishga tushishi qoʻshimcha qildi.
Joriy yilning noyabr oyida Yekaterinburgda Oʻzbekiston bosh konsulligi ochilgandi. Bosh konsul etib Abdusalov Hatamov tayinlandi. Undan oldin u TIV konsullik-huquqiy departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - Sputnik / Pavel Lisitsыn