21 million dollar: Aqtoʻbeda yongan oʻzbekistonliklar uchun shuncha tovon talab qilindi

10 октября 2018 21 million dollar: Aqtoʻbeda yongan oʻzbekistonliklar uchun shuncha tovon talab qilindi

Samara-Shimkent trassasidagi yonib ketgan avtobusda halok boʻlgan 52 nafar oʻzbekistonliklar yaqinlari tomonidan aytilgan talablar maʼlum boʻldi. Sudlanuvchi 5 kishi bu summani toʻlashga ularning qurbi yetmasligini maʼlum qilishgan

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Aqtoʻbe viloyatidagi trassada avtobus yongʻini vaqtida tiriklayin yongan 52 nafar oʻzbekistonlikning qarindoshlari har bir sudlanuvchidan yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun 150 million tangadan talab qilishdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan. 

Oʻzbekistonliklarning qarindoshlari talab qilgan umumiy summa 7 milliard 800 million tangani (21 million dollardan ortiqni) tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, fojia joriy yilning 18 yanvarida Samara-Shimkent trassasining 1068 kilometrida yuz bergan. Kassbohrer Setra rusumli yoʻlovchi avtobusi salonida oʻsha vaqtda 55 yoʻlovchi - Oʻzbekiston fuqarolari va uch nafar qozogʻistonlik haydovchilar boʻlishgan.

Yoʻlovchilarning bir nechtasi alanga olgan avtobus ichidan sakrab chiqishga muvaffaq boʻlgan, qolganlari tiriklay yongan.

Avtobus salonidagi temperatura shu darajada yuqori boʻlganki, ayrim jasadlardan faqat kul qolgan, xolos. Avtobusda yongan 16 kishi Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan boʻlgan.

Avtobus haydovchilari oʻzlariga qoʻyilgan aybni tan olmayapti va ularni qoʻyib yuborishlarini talab qilishmoqda.



Read more: https://sputniknews-uz.com/news/20181003/9601210/Atbe-urbonlari-yainlari-ozo-tomonidan-21-million-dollar-talab-ilishmoda.html