Amerikalik sobiq harbiy Putinga zaharlangan urugʻlarni yuborganini tan oldi

10 октября 2018 Amerikalik sobiq harbiy Putinga zaharlangan urugʻlarni yuborganini tan oldi

AQSH veterani Putinga zaharlangan kanakunjut urugʻlari solingan maktub yuborgani haqida maʼlum qildi

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oq uy va Pentagonga kanakunjut urugʻlari solingan maktublarni yuborgan sobiq amerikalik harbiy, xuddi shunday "zaharlangan" nomalarni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga va Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchiga yuborganini aytdi.

Bu haqda sud hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Seshanba kuni Pentagon, Oq uy va FBRga - ritsin (fitotoksin) moddasi izlari boʻlgan maktublar kelgani maʼlum boʻlgan edi. Sal keyin ularni yuborganlikda gumonlab 39 yashar sobiq harbiy Uillyam Klayd Allen Uchinchi (William Clyde Allen III) qoʻlga olindi.

Erkak iqrorlik koʻrsatmalarini bergan.

Juma kuni unga besh punkt boʻyicha ayblovlar eʼlon qilingan. Sobiq harbiy bir necha oʻn yillikni qamoqda oʻtkazishi mumkin. KUTV telekanali saytida eʼlon qilingan ayblov hujjatlariga koʻra, erkak "xatlarni oʻz uyi chqinida joylashgan pochta boʻlinmasidan 2018 yil 24 sentyabrda yuborgani" haqida soʻzlab bergan.

Ayblanuvchi har bir konvertga kanakunjut urugʻini joylashtirgani haqida tergovchilarga maʼlum qilgan. Shuningdek, ichida zaharlangan urugʻlar boʻlgan konvertlarni AQSH Bosh prokurori Jeff Seshnsga, Angliya qirolichasi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgani haqida iqror boʻlgan.

Erkakning tan olishicha, u shu tarzda "maktubni bermoqchi boʻlgan". Ayblanuvchi gap nima haqda borayotganiga izoh bermagan.

Sobiq harbiy tergovchilarga yuzga yaqin kanakunjut urugʻlarini internet orqali xarid qilgani haqida soʻzlab bergan. Sud hujjatlariga koʻra, kanakunjut urugʻlarida ritsin zaharli moddasi mavjud.

"Moddalarning urugʻdan chiqarib olinishi nisbatan oson va texnik bilimlarni talab etmaydi", - deyiladi ayblov xulosasida.

Ochiq manbalardagi maʼlumotlarga muvofiq, kanakunjut urugʻini ichga isteʼmol qilish enterit, qusish va ich ogʻrigʻi, oshqozon-ichak trakti(ovqat hazm qilish sistemasi)ning buzilishi, suv-elektrolit balansi ishdan chiыishi va bir haftadan soʻng oʻlimni keltirib chiqarishi mumkin.



Read more: https://sputniknews-uz.com/world/20181006/9621811/Amerikalik-sobi-arbiy-Putinga-zaarlangan-urularni-yuborganini-tan-oldi.html