Toʻqnashuv oqibatida "Uralskiye avialinii" kompaniyasi samolyoti shikastlandi. Hech kim zarar koʻrmadi.
TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Yakshanba kuni Moskvadagi “Jukovskiy” aeroportida “Ikar” va "Uralkiye avialinii" kompaniyalarining samolyotlari toʻqnashib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti prokuratura xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga koʻra, “Ikar” kompaniyasining qoʻngan samolyoti turar joyiga yetib borish vaqtida "Uralskiye avialinii" kompaniyasining samolyotiga urilgan. Toʻqnashuv oqibatida "Uralskix avialinii"samolyotining chap qanotining old qismi va chap aeronavigatsiya chirogʻi shikastlangan. Yoʻlovchi va ekipaj aʼzolaridan hech kim zarar koʻrmagan.
Ayni damda ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jukovskiy aeroporti Moskva hududida faoliyat koʻrsatayotgan 4- yoʻlovchi aeroportidir. Ushbu aeroport 2016 yilning 30 may kuni ochilgan edi. Ayni damda "Jukovskiy" dan Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy yoʻnalishlarida hamda Yevropa mamlakatlariga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Read more: https://sputniknews-uz.com/incidents/20181008/9638226/Zhukovskiy-aeroportida-ikkita-samolt-tnashib-ketdi.html