Peterburgda oʻz sevgilisini oʻgʻirlagan Oʻzbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi

11 декабря 2018 Peterburgda oʻz sevgilisini oʻgʻirlagan Oʻzbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi

Oʻzbekiston fuqarosi oʻz sevgilisini qaytarishga astoydil harakat qiladi. Bir nechta urinishlardan soʻng uni oʻgʻirlashga harakat qiladi.

 Sankt-Peterburgda Markaziy Osiyodan kelgan migrantga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini koʻrib chiqiladi, deb xabar qildi shahar prokuraturasi matbuot xizmati.

Tergov ishida yozilishicha, Oʻzbekiston fuqarosi oʻz sevgilisini qaytarishga astoydil harakat qiladi, bir nechta urinishlardan soʻng uni oʻgʻirlashga harakat qiladi.

Yigitlar mashinada qizning uyiga kelishadi. Qiz koʻchaga chiqqan vaqtda uni urib, mashinaga oʻtqazishadi.

Biroq, yoʻlda mashinani yoʻl harakat xavfsizligi xodimlari toʻxtatishadi. Shu vaqtda qiz huquq tartibot xodimlariga sodir boʻlgan voqeani aytib beradi.

Shuni aytib oʻtish kerakki, bu qiz huquqbuzarlarga rahm qilib, oʻz koʻrsatmalarini oʻzgartiradi. Biroq tergov buni inobatga olmaydi.

Huquq tartibot organ xodimlari migrantlarga nisbatan oldindan til biriktirgan holda uyushgan guruh boʻlib odam oʻgʻrilash moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Yekaterina Chesnokova