Men unga bizning xalq va uning xalqi orasidagi farqni koʻrsatib qoʻymoqchi edim – Habib Nurmagomedov.
TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Kecha 8 oktyabr kuni Dogʻiston poytaxti Maxachkala shahrida joylashgan "Anji-Arena" stadionida UFC mutlaq chempioni, Habib Nurmagomedovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Chempionni kutib olishga 15 mingga yaqin odam jamlandi. Maxachkala aeroportida Xababni kutib olishga “Dogʻiston” ashula va raqsch ansambli chiqdi. Shundan soʻng yakkakurashchining korteji "Anji-Arena" stadioniga qarab yoʻl oldi. Sportchi xavfsizligini 200ga yaqin politsiya xodimlari taʼminlashdi.
Stadionda soʻzga chiqarkan Habib oʻz muxlislariga tuni bilan uxlamasdan uni qoʻllab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Men oʻz xalqimning, ona Dogʻistonimning qoʻllab-quvvatlashini har daqiqa his qilib turdim. Kech boʻlishiga qarmasdan shu yerga jamlanganingiz uchun sizlarga katta rahmat. Hozir menga bu yerdan ketish ham noqulay”, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib oʻtamiz, 6 oktyabr kuni Habib Las Vegasda boʻlib oʻtgan turnirda Konnor Makgregorning ustidan tarixiy gʻalaba qozongan edi. Ushbu jang turli sabablarga koʻra bir necha bor qildirilgan edi. Jang oldidan OAVlarda koʻplab igʻvo va provoktsion xabarlar paydo boʻlgan va Xabib bularga javob bermasdan – hammasi 6 oktyabrda, oktagonda hal boʻladi, degan edi.
Read more: https://sputniknews-uz.com/world/20181009/9644863/abib-Nurmagomedovni-Doistonda-anday-kutib-olishdi.html