Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidagi shiori maʼlum boʻldi

11 декабря 2018 Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidagi shiori maʼlum boʻldi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida barcha terma jamoalarning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtgandi.

 Muxlislar Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi uchun shior tanlashdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi.

Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qoʻyiladi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida barcha terma jamoalarning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtgandi. Oʻzbekiston terma jamoasi uchun 3 ta shior varianti taqdim etilgandi:

“Kuch birlikda” — "Force in unity", “Bitta Osiyo. Bitta jamoa. Bitta orzu” – “One ASIA. One team. One dream”, “Biz shu yerdamiz. Oʻzbekiston” – “Here we are. Uzbekistan”.

Ovoz berish yakunida “Biz shu yerdamiz. Oʻzbekiston” – “Here we are. Uzbekistan” shiori gʻolib chiqdi. Endilikda ushbu shior Osiyo Kubogi davomida Oʻzbekiston terma jamoasini olib yuradigan avtobusda aks etadi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Assotsiatsiya futbola Uzbekistana