Ayrim yoʻlovchi poyezdlarning qatnov jadvaliga oʻzgartirish kiritildi

11 декабря 2018 Ayrim yoʻlovchi poyezdlarning qatnov jadvaliga oʻzgartirish kiritildi

Qoʻshimcha maʼlumot Toshkent shahrida 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Toshkent–Qoʻngʻirot–Toshkent yoʻnalishida haftaning bir kunida qatnovni amalga oshirib kelayotgan №52/51 yoʻlovchi poyezdi harakat jadvaliga joriy yilning 12 dekabr kunidan boshlab oʻzgartirish kiritildi.

Yaʼni, poyezd endilikda Toshkentdan Qoʻngʻirot tomon haftaning har payshanbasida emas, balki chorshanba kuni qatnovni amalga oshiradi.

Qoʻngʻirotdan esa payshanba kuni emas, juma kuni poytaxt tomon harakatlanadi.

Shuningdek, Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishida qatnovchi 10/9 sonli “SHARQ” tezyurar poyezdining harakat jadvaliga ham oʻzgartirish kiritildi.

Mazkur poyezd 2018/2019 yillarda har haftaning olti kunida, yaʼni, dushanba (seyshanba kuni oʻrniga), chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba kunlari harakatini amalga oshiradi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Flickr / Ramón