Elektr energiyasini yetkazib berish va avtomobil yoʻllari qurilishidagi muammolar bunga sabab boʻlgan.
Oʻzbekistondagi birinchi eng yirik “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortini kelasi yil ochishni taklif qilishmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.
15 dekabr kuni birinchi bosqich yakunlanib, shu kunning oʻzida Amirsoy dam olish maskanining ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli kurort ochilishi keyinga suriladi. Elektr energiyasini yetkazib berish va avtomobil yoʻllari qurilishidagi muammolar bunga sabab boʻlgan.
“Xususan, joriy yilning 7 dekabrida qurilishning birinchi bosqichiga muvofiq changʻi kompleksiga olib boradigan yoʻlni qurish boʻyicha tayyorgarlik ishlarining 92 foizi yakunlangan”, - deyilgan xabarda.
Loyiha uch bosqichdan iborat – turli darajadagi murakkab togʻ-changʻi trassa tarmoqlari, 7 ta dor yoʻli, snoubord-parki va yaxmalak maydonchalarini qurish. Loyihaning ilk bosqichi 2 ta dor yoʻli qurilishini oʻz ichiga oladi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - Oleg Brovko