Hindiston Madaniyat departamenti vazirligi dunyoga mashhur maqbarani saqlab qolish maqsadida kirish uchun chipcha narxini oshirdi.
Hindistonning Agra shahridagi Toj Mahal maqbarasiga tashrif buyurish narxi 200 rupiyga (uch dollarga) oshirildi. Bu haqda Hindiston arxeologiya boshqarmasi boshligʻi Vasant Kumar Svarnkaar maʼlumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
Qoʻshimcha toʻlov obidaning asosiy joyi — Boburiylar avlodi boʻlgan Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalbegim qabrlarini ziyorat qilishni xohlaydiganlardan undiriladi. Buning uchun endilikda chipta uchun mahalliy aholi 250 rupiy (3,5 dollar), xorijliklar esa 1,3 ming rupiy (18,5 dollar) toʻlaydi.
Hindiston madaniyat vazirligining RIA Novostiga maʼlum qilishicha, mazkur qaror Toj Mahalga tashrif buyuruvchilar sonini cheklashga xizmat qiladi, sababi qadimiy qadamjoning ichki qismi turistlarning toʻxtovsiz oqimi tufayli buzilishda davom etmoqda.
“Avvaliga Toj Mahalni bunday koʻp miqdordagi ziyoratchilardan qutqarish uchun hatto ikkita chipta tizimini kiritish rejalashtirilgan edi”, - deydi vazirlik vakili.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - AFP PHOTO/Prakash SINGH