Birinchi pozitsiya 185 mln soʻm, yil oxiriga qadar 1500 dona Chevrolet Tracker avtomobillar partiyasini sotish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston OAVlarida Chevrolet Tracker avtomobilining dastlabki narxlari paydo boʻldi.
“Oʻzavtosanoat”dagi manbaaning xabariga koʻra, Chevrolet Tracker dilerlar salonlarida bir necha kun ichida paydo boʻladi. Hozircha, avtomobil 2ta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi:
Chevrolet Tracker LT (1pozitsiya) – 185 mln soʻm, mexanika korobka, konditsioner, 4ta audio dinamik, elektr oynalar, 4ta xavfsizlik yostiqchasi, ABS va ESP StabiliTrak tizimlari bilan jihozlanadi.
Chevrolet Tracker LTZ AT (2 pozitsiya) – 215 mln soʻm, avtomat korobka, lyuk, charm oʻrindiqlar, «start-stop» tizmi, Bluetooth orqali smartfonga ulanishi mumkin boʻlgan, 7” ekranli Bose audio va navigatsiya tizimi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Chevrolet Tracker bir necha oy oldin ishlab chiqarishi toʻxtatilgan Chevrolet Captiva oʻrnini bosishi kerak. Yil oxiriga qadar 1500 dona avtomobillar partiyasini sotish rejalashtirilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Podrobno.uz