Frantsiya Tashqi ishlar vaziri AQSH prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni soʻradi.
Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian AQSH prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslikni soʻradi, deb xabarqilmoqda RT.
«Biz AQSH ichki siyosatiga tekkanimiz yoʻq, AQSH ham shunday qilishini istaymiz. Men buni Donald Trampga aytyapman, Frantsiya prezidenti ham xuddi shunday degan boʻlardi: Bizning xalqimizni oʻz holicha qoʻying”, - dedi Frantsiya vaziri.
Biroz oldin Donald Tramp Frantsiyadagi tartibsizliklarni uyushtirayotgan “sariq nimchalilar” Tramp prezident boʻlishini istayapti, deb hazil qilgan edi.
AQSH prezidenti oʻz tvitterida “Odamlar: biz Trampni xoxlaymiz, deyapti. Frantsiyani yaxshi koʻraman-da” deb izoh qoldirgan edi u.
Eslatib oʻtamiz, Frantsiyada bir necha kundan beri ommaviy tartibsizliklar sodir boʻlmoqda. Yonilgʻi narxi bir necha tsentga oshirilgani sababli “sariq nimchalilar” tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirilmoqda. Bir necha kun oldin politsiya 1700 kishini hibsga olgan edi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Irina Kalashnikova