Kelgusi yil Oʻzbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev

10 декабря 2018 Kelgusi yil Oʻzbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi yil Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 7ta yangi suv omborlari barpo etiladi, dedi prezident.

 Shavkat Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlar kuniga bagʻishlangan nutqida kelgausi yilda Oʻzbekistonda melioratsiyaga katta eʼtibor borilishini aytib oʻtdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Xususan, prezident kelgusi yilda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Davlat byudjetidan qariyb 1,7 trillion soʻm, xalqaro moliya institutlarining 84 million dollar miqdoridagi mablagʻini yoʻnaltirishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Undan tashqari, suv omborlari tarmogʻini kengaytirish hisobidan soʻgʻorilmaydigan lalmi yerlarni oʻzlashtirish ham  belgilanganini, buning uchun Oʻzbekistonda bir necha yangi suv omborlarini qurish rejalashtirilayotganini taʼkidladi.

“Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yigʻiladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulungʻur” suv omborlari barpo etiladi”, - dedi prezident.

Shuningdek prezident qishloq xoʻjaligida kadrlar tayyorlash masalasida ham toʻxtalib oʻtdi. Bu borada, prezident, xorijdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari bilan birga qoʻshma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oʻqitish belgilanganini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev  kelgusi yil Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligisohasida 1 milliard 870 million AQSH dollari hajmidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish moʻljallanayotgani xabar qildi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото © Flickr / t_y_l