OPEKka aʼzo boʻlgan va boʻlmagan mamlakatlar neft qazib olishni sutkasiga 1,2 mln barrelga qisqartirishga kelishib olishdi.
Avstriya poytaxti Venada boʻlib oʻtgan "OPEK+Rossiya" majlisida Oʻzbekiston, Chad va JAR OPEKka aʼzo boʻlishidi. OPEK raisi, BAA energetika vaziri Suxeyl al-Mazrui tashkilotga kuzatuvchi sifatida yangi qoʻshilgan mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda OPEKka aʼzo boʻlgan va boʻlmagan mamlakatlar neft qazib olish hajmini kamaytirishga kelishib olishdi. Kelishuvga koʻra, dunyo miqyosida neft qazib olish hajmi sutkasiga 1,2 mln barrelga kamaytiriladi. Shundan 800 mln tonna OPEK aʼzolari, qolgan 400 mln tonna esa OPEKka aʼzo boʻlmagan mamlakatlar tomonidan koʻngilli ravishda kamaytiriladi.
“Ushbu kelishuv 2019 yilning birinchi yarim yilliga davomida amal qiladi. Uni qayta koʻrib chiqish uchun OPEK aʼzolari yana bir bora 2019 yilning aprel oyida toʻplanishadi”, - deyilgan xabarda.
Neft qazib olish borasidagi cheklovlarga faqat Eron qoʻshilmadi. Maʼlumki ushbu mamlakat uzoq yillar davomida AQSH embargosi ostida boʻlib, yaqinda neft eksport qilish imkoniga ega boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp bir necha kun oldin Saudiya Arabistoniga turli yoʻllar bilan bosim oʻtkazib, ularni neft qazib olish hajmini oshirishga undagan edi. Venada boʻlib oʻtgan "OPEK+Rossiya" uchrashuvi AQShning ushbu hatti-harakatlari zoye ketganini koʻrsatmoqda, deb yozadi RIA Novosti.
Read more: sputniknews-uz.com, фото © Sputnik / Aleksey Vitvitskiy