Rossiyada qizil ikraning narxi keskin tushib ketdi

10 декабря 2018 Rossiyada qizil ikraning narxi keskin tushib ketdi

Rossiyada baliq yetishtirish boʻyicha rekord oʻrnatildi, natijada qizil ikra narxi ikki baravar pasaydi.

 Rossiya baliqchilik xoʻjaligi boshqarmasida (Rosrыbolovstvo) yangi yil arafasida qizil ikra narxi tushib ketganini xabar qilishdi.

“Bu yil Tinch okeanida ovlangan losos baliqlari miqdori 677 ming tonnani tashkil qildi. Bu  2017 yilga nisbatan ikki baravar koʻp. Rossiyada umumiy ovlangan baliq miqdori esa – 5 million tonnadan oshdi. Bu - sobiq Ittifoq davridan soʻng oʻrnatilgan rekord!”, - dedi jurnalistlarga Rosrыbolovstvo rahbari Ilya Shestakov.

Rosrыbolovstvo rahbari aytishiga qaraganda bunday yuksak natijalarga erishishga baliq xoʻjaliklari va qoʻriqlash organlarining samarali faoliyati sabab boʻlgan. Ikkinchidan suzib yuruvchi toʻrlardan foydalanish  bekor qilinishi natijasida qoʻriqxonalar ikra qoʻyadigan baliqlarga toʻlgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото - © Sputnik / Yevgeniy Odinokov