“Ular bizga qarindosh emas” – deputat boʻrilarni vertolyotdan otishni taklif qildi

24 января 2019 “Ular bizga qarindosh emas” – deputat boʻrilarni vertolyotdan otishni taklif qildi

Qirgʻizistonlik deputatning fikricha, vertolyotni korruptsiyaga qarshi kurashishdan tushgan pulga sotib olish mumkin.

Qirgʻizistonda deputat boʻrilarni vertolyotdan otishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Qoraqalpogʻistonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Xabarda aytilishicha, majlisda deputat Qirgʻizistonning Norin viloyati Ot-Boshi tumanida boʻrilar koʻpayib ketgani va ularni otish uchun ovchilar yetishmasligini maʼlum qiladi.

Deputat unga mahalliy aholi har kuni boʻrilar bir necha otlarni gʻajib oʻldirib ketayotgani haqida shikoyat qilishayotganini aytadi. Uning soʻzlariga qaraganda, chorvadorlar oyiga 150 boshgacha chorvasidan mahrum boʻlishmoqda.

“Boʻrilar soni oshib ketdi, ovchilar esa yetishmaydi. Odamlar mahalliy hukumatga murojaat qilishga majbur. Korruptsiyaga qarshi kurashishdan tushgan pul hisobiga vertolyot sotib olib va undan boʻrilarni otish tashlasa, yaxshi boʻlardi. Ular bizga qarindosh emas-ku”, - dedi deputat Kamchibek Joldoshbayev.

Hukumat ushbu masalani yaqin kunlarda koʻrib chiqsa, yaxshi boʻlardi, deb qoʻshimcha qildi u.



Read more: sputniknews-uz.com, © Sputnik / Natalya Seliverstova