Tsirk sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarori qabul qilindi

24 января 2019 Tsirk sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarori qabul qilindi

Oʻzbek tsirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat tsirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha “Oʻzbek davlat tsirki” davlat muassasasini investorlarga berish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

© FACEBOOK

Oʻzbekistonlik gimnastlar tsirk "Oskar"iga sazovor boʻlishdi

Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida 500-700 oʻringa moʻljallangan tsirklar tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019-2020 yilllarda oʻzbek tsirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat tsirki” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Mazkur reja quyidagilarni nazarda tutadi:

- 2020 yilgacha tsirk tomoshalari sonini kamida 500 tagacha, 2022 yilgacha esa 1000 tagacha yetkazish;

- 2019 yil oxirigacha tsirk zalining tomoshabinlar bilan toʻlish darajasini kamida 60 foizga va 2022 yilga borib 75 foizga yetkazish;

- Frantsiyaning “Cirque du Soliel”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro tsirki, Rossiyaning “Moskva tsirki”, “Moskva katta tsirki”larining gastrollarini respublikamizda tashkil etish.

Endilikda Monte-Karlo va Budapesht xalqaro tsirk festivallarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan "Oʻzbek davlat tsirki" ijodiy jamoasining har bir aʼzosi eng kam oylik ish haqining tegishlicha 100, 80 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

"Oʻzbek davlat tsirki"ga investorlarni jalb etish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi "Doʻstlar klubi" tashkil etiladi.

2021 yildan Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro tsirk sanʼati festivali oʻtkaziladi.

2019 yil 1 iyungacha Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning tsirk, teatr, kino va kontsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlashi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2019 yilda oʻzbek tsirkiga 105 yil toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbek davlat tsirki” nomli kitob-albom nashr etiladi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-с сайта