Avtoekspert Aleksandr Dobin Rossiyada Ravon avtomobillari narxi nega 3 barobar tushib ketganini tushuntirdi.
Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtoishlabchiqaruvchilari maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda GM Uzbekistan Rossiyada 15 078 dona Ravon avtomobillarini sotgan. Ammo 2018 yilda oʻzbek ishlab chiqaruvchilari sotgan avtomobillar soni atigi 5184tani tashkil etdi. Ekspert fikriga koʻra, savdo hajmining keskin tushib ketishi sababi kompaniyaning notoʻgʻri marketing siyosatida va piar instrumentidan foydalanishni bilmasligida.
Rossiyada sotilgan Ravon avtomobillarida ommaviy nosozlik topildi
"Mart oyida maygacha Ravon avtomobillariga soʻrov katta edi. Taklif etilgan mashinalar uchun mijozlar tomonidan oldindan toʻlov qilingan va soʻngra mashinani 2,3-3, baʼzan toʻrt oygacha kutishga toʻgʻri kelgan. Brendlar oʻrtasida mijoz uchun urush ketayotgan bir vaqtda bu juda katta muddat, bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Oʻz pulini bergan xaridorni avtomobilsiz ushlab turish, juda notoʻgʻri", - deb taʼkidlaydi Dobin Sputnik Oʻzbekiston radiosi efirida.
Uning fikricha, savdo hajmi pasayishiga Ravon avtomobillari narxi oshirilishi haqidagi xabarlar ham salbiy taʼsir koʻrsatgan. Bu xabar potentsial xaridorlarni qoʻrqitib yuborgan.
Avtoekspert shuningdek, 2018 yil oxirida "AvtoVAZ" Granta modelini toʻliq yangilaganiga eʼtibor qaratdi.
"Hozirda sotilayotgan mashinalar olti kuzovga ega olti avtomobillardir. Narxlar oʻsha-oʻsha, baʼzan Ravon taklif etayotgan narxdan ham pastroq. "AvtoVAZ" ega boʻlgan dilerlik markazlari va rasmiy servislarni hisobga olsak, albatta, GM Uzbekistanning u bilan raqobatlashishi murakkab holat. Savdo hajmini oshirishniku aytmasa ham boʻladi", - deydi Dobin.
U shuningdek, bugungi kunda Ravon avtomobillari tor auditoriyaga moʻljallangan mashinalarga aylanganiga qaramay, Rossiya bozorida qolayotganini, aksariyat gʻarb brendlari esa bundan ham mahrumligiga eʼtibor qaratdi.
"Shuning uchun ham Ravon ni hurmat qilsa arziydi", - deb hisoblaydi Dobin.
Ekspert izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto : Iz lichnogo arxiva Aleksandra Dobina