Oʻzbekistonga kelayotgan rus turistlari soni ortib bormoqda

20 декабря 2018 Oʻzbekistonga kelayotgan rus turistlari soni ortib bormoqda

Joriy yilning yanvaridan sentyabr oyigacha Oʻzbekistonga 360 ming nafar Rossiya fuqarosi kelgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 90 ming kishiga koʻproq degani.

2018 yilning toʻqqiz oyi mobaynida Oʻzbekistonga 360 mingga yaqin rossiyalik tashrif buyurdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 90 ming kishiga koʻproq demakdir, deb xabar qildi RATA Rossiya sanoat ittifoqi.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov xabariga koʻra, Oʻzbekistonga tashrif buyurish uchun kamida beshta sabab bor, bular — aviaqatnov taraqqiyoti, aʼlo darajadagi infratuzilma, mazali milliy taomlar, til boʻyicha toʻsiqlar mavjud emasligi va yuqori darajadgi xavfsizlik.

"Gap nafaqat turistlar haqida bormoqda, balki umuman, sayyohlar oqimi ham oʻsmoqda. Biz Rossiya fuqarolarining mamlakatimiz tarixiga va madaniyatiga samimiy qiziqishini koʻryapmiz", - deydi elchi.

Gastronomik turizm boʻyicha Oʻzbekiston Frantsiyadan oʻzib ketdi˃˃˃

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda turistlik sohani yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda viza berish tartibi osonlashtirildi. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekistonda turistlar oqimining oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Shu bilan birga, yangi zamonaviy mehmonxona va xostellar qurilib, barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / Allan Grey