Avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 361 dona yangi uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.
Toshkentda savdo majmualaridan birining avtoturargohida toʻxtatilgan avtomashina ichida katta miqdorda kontrabanda mobil telefonlari borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 361 dona yangi uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.
Yuk egasi boʻlgan fuqaro M.X. dastlabki hisob-kitoblarga koʻra qiymati salkam 567 million soʻmni tashkil etgan ushbu uyali telefon apparatlariga tegishli hech qanday hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Press-slujba GTK RUz