2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi;
- pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshiriladi.
Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullangan.
Moliya vazirligi va byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlaydi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото Sputnik