Xayriya bahonasida terrorchilar uchun pul jamlagan guruh qoʻlga olindi

13 декабря 2018 Xayriya bahonasida terrorchilar uchun pul jamlagan guruh qoʻlga olindi

Federal xavfsizlik xizmati jinoyatchilarni Moskva mintaqasi, Checheniston, Dogʻiston va Ingushetiyada qoʻlga olishdi.

Rossiyada xayriya bahonasida ISHID va “Jabhat an-Nusra” jangarilari uchun pul yiqqan yetti kishini qoʻlga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Jinoyatchilar Moskva mintaqasi, Checheniston, Dogʻiston va Ingushetiyada faoliyat yuritishgan. Ularning uyida tintuv oʻtkazilganda, maʼlumot yetkazish uchun texnika vositalari va taʼqiqlangan adabiyotlar topilgan.

Shubhali shaxslar Rossiya Jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasiga binoan qoʻlga olingan. Guruhni qidiruvda boʻlgan va ayni damda xorijda yashirinib yurgan radikal islom tarafdori Abu Umar Sasitlinskiy tashkil etgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, jinoiy guruh aʼzolari oʻz faoliyatlari davomida Suriyaga jami 38 million rubl joʻnatishgani aniqlangan. Mablagʻlar xayriya bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bank karta raqamlari va boshqa toʻlov tizimlarini orqali jamlangan.

 



Read more: sputniknews-uz.com, фото FSB RF