Instagram ijtimoiy tarmogʻiga oʻzlarini “blogerlar”, “vlogerlar”, “prankerlar” deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan ikkita videolavha joylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan “layklar” uchun Instagramga videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora koʻrildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, instagram ijtimoiy tarmogʻiga oʻzlarini “blogerlar”, “vlogerlar”, “prankerlar” deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan ikkita videolavha joylashtirildi.
Birinchi videoda ikki nafar yosh yigitlar poytaxt supermarketlaridan birida oʻzlarini janjallashayotganday tutib, jamoat tartibini buzganlari tushirilgan.
Ikkinchisida esa “bezorilardan” biri oʻrtogʻi bilan transport vositasini olib qochishganini sahnalashtirishgan, shuningdek ularning mashinasi boshqa bir avtomobil tomonidan yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol tarzda buzgan holda taʼqib qilinayotgani aks etgan.
Ular oliy oʻquv dargohlardan birining talabalari – 20 yoshli Umidjon SH. va Akbar A., 18 yoshli David T. va 17 yoshli Yevgeniy K. ekanligi aniqlangan.
“Supermarketdagi “mojaro” videosida Umidjon va David ishtirok etishgan. Ushbu fakt asosida ular Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 moddasiga muvofiq mayda bezoriliklari uchun javobgarlikka tortildilar”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, Umidjon SH., Akbar A., David T. va oʻrtoqlarining harakatlarini videoga tushirgan Yevgeniy K. bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото -© Sputnik / Konstantin Chalabov